Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Oktyabr 2023

11-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

416 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 6,03 mlrd so'm bo'lgan 227 ta lot 30,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
- soni 36 ta
- boshlang‘ich narxi 185,4 mln so‘m
- sotilgan narxi 926,8 mln so‘m
 
Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 24,3 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali balansidagi bo‘sh turgan oshxona 233,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 8,7 mln so‘m bo‘lgan Toshkent davlat pedagogika universiteti balansidagi bino qismi 169,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
- soni 28 ta
- boshlang'ich narxi 535 mln so‘m
- sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
- yer maydoni 1,1 ga
 
Toshkent viloyati Nurafshon shahridan boshlang'ich narxi 23,5 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 11 sotix yеr uchastkasi 524,7 mln so‘mga sotildi.
Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 94,2 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 8 sotix yеr uchastkasi 517,9 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
- soni 21 ta
- boshlang'ich narxi 5,6 mln so‘m
- sotilgan narxi 39,5 mln so‘m
 
Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:
- soni 2 ta
- boshlang'ich narxi 327,3 mln so‘m
- sotilgan narxi 360 mln so‘m
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 128 ta
- yer 119,9 ga
- normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 4,3 mlrd so’m
- g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 5,8 mlrd so'm
 
O'tkazilgan savdolarda 519 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,8 trln so'm bo'lgan 114 506 ta lot savdoga qo'yilgan.
520 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech