Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Sentyabr 2023

11-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

226 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 136,2 mlrd so'm bo'lgan 1 373 ta lot 155,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 20 ta
  • boshlang‘ich narxi 112,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 120,3 mlrd so‘m
  • Bo‘stonliq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo‘lgan “Toza hudud” DUK balansidagi maishiy chiqindilarni to‘plab olib ketish stansiyasi 1,6 mlrd so‘mga sotildi.
  • Mirzacho‘l tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 93,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Asakabank” AJ balansidagi “Tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish” binosi va “jinsi ishlab chiqarish” uskunalari to‘plamidan iborat mulkiy majmua 98,2 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 48 ta
  • boshlang‘ich narxi 925,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m
  • Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 77,2 mln so‘m bo‘lgan Axborot ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “Ma‘muriy binolardan foydalanish boshqarmasi” DM balansidagi bino qismi 92,7 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 70 ta
  • boshlang'ich narxi 15,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 22,6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 53,9 ga
  • Samarqand viloyati Nurobod tumanidan boshlang'ich narxi 9,9 mlrd so‘m bo‘lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 39,9 gektar yеr uchastkasi 10,5 mlrd so‘mga sotildi.
  • Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 101,9 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 8,7 sotix yеr uchastkasi 2,5 mlrd so‘mga sotildi.

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 1099 ta
  • yer 1114,4 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 30,6 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 11,7 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 2 253 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,8 trln so'm bo'lgan 118 731 ta lot savdoga qo'yilgan.

493 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech