595 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 57,4 mlrd so'm bo'lgan 1025 ta lot 79,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 20 ta
- boshlang'ich narxi 14,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 19,4 mlrd so‘m
- Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar bino va inshootlar 2,5 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 3 ta
- boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 47 ta
- boshlang'ich narxi 651 mln so‘m
- sotilgan narxi 755 mln so‘m
- Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 133,6 mln so‘m bo‘lgan Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi balansidagi ishlab chiqarish binosi 147 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 282 ta
- boshlang'ich narxi 7,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 10,5 mlrd so‘m
- yer maydoni 25,4 ga
- Samarqand viloyati Urgut tumanidan boshlang‘ich narxi 34,2 mln so‘m bo‘lgan mehmonxonalar qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 170,9 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 512 ta
- boshlang'ich narx 4,9 mlrd so'm
- sotilgan narx 5,5 mlrd so'm
- yer maydoni 324,7 ga
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 76 ta
- boshlang'ich narxi 20,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 25,1 mlrd so‘m
- Andijon viloyati Andijon shahridan boshlang'ich narxi 5,5 mlrd so‘m bo'lgan savdo markazi binosi 6,9 mlrd so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 2 564 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,4 trln so'm bo'lgan 141 223 ta lot savdoga qo'yilgan.