Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Dekabr 2023

12-dekabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

450 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so'm bo'lgan 127 ta lot 2,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 47 ta
  • boshlang‘ich narxi 682,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 720,2 mln so‘m
Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 58 mln so‘m bo‘lgan Andijon davlat universiteti akademik litseyi balansidagi binoning bir qismi 63,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 42 ta
  • boshlang'ich narxi 435,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 665,5 mln so‘m
  • yer maydoni 1,8 ga
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridan boshlang'ich narxi 11,2 mln so‘m bo‘lgan elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchasi qurish uchun 0,4 sotix yеr uchastkasi 195,1 mln so‘mga sotildi.
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidan boshlang'ich narxi 37,4 mln so‘m bo‘lgan yoshlar sanoat zonalaridagi qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 11,5 sotix yеr uchastkasi 41,1 mln so‘mga sotildi.
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidan boshlang'ich narxi 25 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 27,5 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 25 ta
  • boshlang'ich narxi 11,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 46,7 mln so‘m
Namangan viloyati Pop tumanidan boshlang'ich narix 1 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 1,4 mln so'mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 2 ta
  • yer 1,1 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 69,7 mln so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 104,5 mln so'm
O'tkazilgan savdolarda 273 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,8 trln so'm bo'lgan 114 320 ta lot savdoga qo'yilgan.
1287 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech