Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Fevral 2024

12-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

336 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 53,2 mlrd so'm bo'lgan 537 ta lot 119,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 13 ta
  • boshlang'ich narxi 8,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 12,7 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,03 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan ma’muriy bino 3,8 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 26 ta
  • boshlang'ich narxi 263,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 44,1 mln so‘m bo‘lgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi balansidagi betonlashtirilgan maydon 141,1 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 66 ta
  • boshlang'ich narxi 4,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 45,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 19,4 ga
Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 80,3 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 7 sotix yеr uchastkasi 2,3 mlrd so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 38 ta
  • boshlang'ich narxi 6,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 8,1 mlrd so‘m
Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanidan boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so'm bo'lgan turar-joy 1,7 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 43 ta
  • boshlang'ich narxi 18,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 167,3 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 249 ta
  • yer 1570,9 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 28,7 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 16,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 2058 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,5 trln so'm bo'lgan 102 328 ta lot savdoga qo'yilgan.
733 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech