Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Mart 2024

12-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

628 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 15,6 mlrd so'm bo'lgan 130 ta lot 23,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 48 ta
  • boshlang'ich narxi 328 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,1 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 2,1 mln so‘m bo‘lgan Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti balansidagi bo'sh turgan xona 120,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 53 ta
  • boshlang'ich narxi 11,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 12,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 11,5 ga
Toshkent viloyati Angren shahridan boshlang'ich narxi 274,8 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonasida ishlab chiqarish obyektlari qurish uchun 34 sotix yеr uchastkasi 302,3 mln so‘mga sotildi.
 
Xorazm viloyati Xazorasp tumanidan boshlang'ich narxi 17,8 mln so‘m bo‘lgan to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bino-inshootini qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 120,8 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 2 ta
  • boshlang'ich narxi 460 mln so‘m
  • sotilgan narxi 717 mln so‘m
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 16 ta
  • boshlang'ich narxi 6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 22 mln so‘m
O'tkazilgan savdolarda 314 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,3 trln so'm bo'lgan 125 519 ta lot savdoga qo'yilgan.
504 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech