Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Sentyabr 2023

12-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

278 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 9,3 mlrd so'm bo'lgan 425 ta lot 23,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 26 ta
  • Boshlang‘ich narxi 7,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 15,6 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 244,8 mln so‘m bo‘lgan “Qarshi neft bazasi” MCHJ balansidagi bo‘sh turgan bino-inshoot 1,8 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 57 ta
  • Boshlang‘ich narxi 451,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 5,6 mlrd so‘m
Namangan viloyati Norin tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 36,4 mln so‘m bo‘lgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli balansidagi Xaqqulobod temiryo‘l stansiyasining bo‘sh turgan texnik yer maydoni 40 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 49 ta
  • Boshlang'ich narxi 518,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 601,2 mln so‘m
  • Yer maydoni 2,2 ga
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan boshlang'ich narxi 11,5 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 34,5 mln so‘mga sotildi.
 
Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:
  • Soni 1 ta
  • Boshlang'ich narxi 138 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m
Namangan viloyati Chust tumanidan boshlang'ich narxi 138 mln so‘m bo‘lgan G‘ovasoy soyi o‘zanining “Toshqo‘rg‘on” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismini tozalash huquqi 1,6 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 209 ta
  • Yer 1101,3 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 16,1 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 13,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 925 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,3 trln so'm bo'lgan 119 495 ta lot savdoga qo'yilgan.
784 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech