Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Fevral 2023

14-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

2 525 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 617 mln so‘mlik 15 777 ta lot 1,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulki ijarasi:

  • soni 4 ta
  • boshlang‘ich narxi 12,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 165,7 mln so‘m
  • Xorazm viloyati, Gurlan tumanidan yillik ijara stavkasi 6 mln so‘mlik tuman davlat soliq inspeksiyasining bo'sh turgan xonasi 99,1 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 52 ta
  • boshlang‘ich narxi 465 mln so‘m
  • sotilgan narxi 642 mln so‘m
  • yer maydoni 4,9 ga
  • Samarqand viloyati, Bulung’ur tumanidan narxi 9,2 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 12 sotix yer uchastkasi 60,6 mln so‘mga sotildi.
  • Namangan viloyati, Yangiqo’rg’on tumanidan narxi 15,9 mln so‘mlik 5 qavatgacha bo’lgan ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 3,3 sotix yer uchastkasi 54 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 62 ta
  • boshlang‘ich narxi 12,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 181,2 mln so‘m
  • Toshkent viloyati, Zangiota tumanidan boshlang'ich narxi 0,3 mln so'mlik ko'chma savdo joyi 23,1 mln so'mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 33 590 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 10,1 trln so‘m bo‘lgan 186 827 ta lot savdoga qo‘yilgan.

729 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech