Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Mart 2024

14-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

790 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 21,9 mlrd so'm bo'lgan 216 ta lot 41,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 17 ta
  • boshlang'ich narxi 13,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 15 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bo'sh turgan savdo doʻkoni 1,8 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 18 ta
  • boshlang'ich narxi 283 mln so‘m
  • sotilgan narxi 540 mln so‘m 
Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 19,9 mln so‘m bo‘lgan "Olimkent paxta tozalash" AJ balansidagi binoning bo'sh turgan qismi 173,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 39 ta
  • boshlang'ich narxi 2,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 12,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 10,6 ga
Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 484,7 mln so‘m bo‘lgan umumta’lim maktabi qurish uchun 70 sotix yеr uchastkasi 1,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Xususiy buyurtmalar:
  • soni 9 ta
  • boshlang'ich narxi 981 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 15 ta
  • boshlang'ich narxi 2,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,8 mlrd so‘m
Xorazm viloyati Urganch shahridan boshlang'ich narxi 985 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 1,3 mlrd so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 680 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,6 trln so'm bo'lgan 125 293 ta lot savdoga qo'yilgan.
567 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech