Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Aprel 2024

15-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

29 633 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 95,9 mlrd so'm bo'lgan 1 163 ta lot 191 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 50 ta
  • boshlang'ich narxi 32,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 36,4 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 5,8 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar joy 6,1 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 100 ta
  • boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,7 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Yashnobod tumani Ohangaron shoh ko‘chasida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 191 mln so‘m bo‘lgan “Do‘stlik-Qo‘yliq” yer usti metro yo‘nalishi 1-5 bekatlari oralig‘idagi do'kon 210,1 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 82 ta
  • boshlang'ich narxi 2,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 15,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 4,5 ga 
  • Navoiy viloyati Tomdi tumanidan boshlang'ich narxi 18,3 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun qurish uchun 22 sotix yеr uchastkasi 2,1 mlrd so‘mga sotildi.

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • soni 140 ta
  • boshlang'ich narxi 21,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 28,1 mlrd so‘m
  • Buxoro viloyati Buxoro shahridan boshlang'ich narxi 537,5 mln so'm bo'lgan qurilishi tugallanmagan noturar joy 3,4 mlrd so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 130 ta
  • boshlang'ich narxi 51 mln so‘m
  • sotilgan narxi 505 mln so‘m 

O'tkazilgan savdolarda 3 502 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,5 trln so'm bo'lgan 200 280 ta lot savdoga qo'yilgan.

949 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech