Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Mart 2024

15-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

335 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 11,2 mlrd so'm bo'lgan 184 ta lot 20,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 5 ta
  • boshlang'ich narxi 3,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,9 mlrd so‘m
Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m bo‘lgan "O‘zsanoatqurilishbank" ATB Xorazm mintaqaviy filiali balansidagi qurilishi tugallanmagan noturar joy 1,8 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 12 ta
  • boshlang'ich narxi 253 mln so‘m
  • sotilgan narxi 260 mln so‘m
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,9 mln so‘m bo‘lgan Davlat xizmatlari markazi balanidagi binoning bo'sh turgan qismi 8,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 38 ta
  • boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,8 ga
Jizzax viloyati Zomin tumanidan boshlang'ich narxi 7,3 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun yеr uchastkasi 40 mln so‘mga sotildi.
 
Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumanidan boshlang'ich narxi 142,9 mln so‘m bo‘lgan uy-joy qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 271,6 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 9 ta
  • boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
Farg'ona viloyati Farg'ona shahridan boshlang'ich narxi 743 mln so'm bo'lgan turar joy (hovli) 757 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 498 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,8 trln so'm bo'lgan 121 128 ta lot savdoga qo'yilgan.
701 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech