Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Sentyabr 2023

15-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

152 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 16,8 mlrd so'm bo'lgan 322 ta lot 20,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 14 ta
  • boshlang‘ich narxi 6,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 7,2 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 2,9 mlrd so‘m bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi balansidagi bo‘sh turgan bino-inshoot 3,05 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 48 ta
  • boshlang‘ich narxi 478,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 60,8 mln so‘m bo‘lgan 316-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi balansidagi bino qismi 230,9 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 24 ta
  • boshlang'ich narxi 822,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 4,8 ga
  • Toshkent viloyati Pskent tumanidan boshlang'ich narxi 259,7 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalaridagi qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 1,40 gektar yеr uchastkasi 285,7 mln so‘mga sotildi.
  • Navoiy viloyati Navoiy shahridan boshlang'ich narxi 27,1 mln so‘m bo‘lgan erkin iqtisodiy zonalaridagi ichki dvigatellar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 0,53 gektar yеr uchastkasi 84,1 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 120 ta
  • boshlang'ich narxi 37,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 541,7 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 69 ta
  • yer 1041,3 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 3,2 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 7,2 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 1 172 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,6 trln so'm bo'lgan 117 889 ta lot savdoga qo'yilgan.

480 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech