Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Iyun 2023

16-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

463 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 15,3 mlrd so'm bo'lgan 710 ta lot 59,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 9 ta
  • boshlang‘ich narxi 5,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,3 mlrd so‘m

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida joylashgan boshlang‘ich narxi 557 mln so‘m bo‘lgan Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi sobiq ma‘muriy bino 612,8 mln so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 10 ta
  • boshlang‘ich narxi 135,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 889,5 mln so‘m

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 83,1 mln so‘m bo‘lgan Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti balansidagi bino qismi 91,4 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 38 ta
  • boshlang'ich narxi 4,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 11,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 8,7 ga

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidan boshlang‘ich narxi 1,6 mlrd so‘m bo‘lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 6,20 gektar yеr uchastkasi 1,7 mlrd so‘mga sotildi.

Toshkent viloyati Angren shahridan boshlang‘ich narxi 1,5 mlrd so‘m bo‘lgan umumta‘lim maktabi qurish uchun 0,81 gektar yеr uchastkasi 1,7 mlrd so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 83 ta
  • boshlang‘ich narxi 27,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 231,1 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 517 ta
  • yer maydoni 203,4 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 12,2 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 8,2 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 1 708 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 10,1 trln so'm bo'lgan 133 489 ta lot savdoga qo'yilgan.

815 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech