Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Yanvar 2023

16-yanvar sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

3 306 ta mulk savdoga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 112,4 mlrd so‘mlik 1 488 ta mulk 128 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 32 ta
  • Boshlang‘ich narxi 100,5 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 106,5 mlrd so‘m
  • “Texnik ta‘minlash va butlash boshqarmasi” MCHJning ustav fondidagi boshlang‘ich narxi 76,4 mlrd so‘m bo‘lgan 100 foiz davlat ulushi 80,2 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat mulki ijarasi:

  • Soni 36 ta
  • Boshlang‘ich narxi 527 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,01 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidan yillik ijara stavkasi 188,7 mln so‘m bo‘lgan tuman tibbiyot birlashmasining bo’sh turgan bino qismi 207,6 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 175 ta
  • boshlang‘ich narxi 3,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 15,6 ga
  • Samarqand shahridagi narxi 11,3 mln so‘mlik sanoat korxonalari qurish uchun 6 sotix yer uchastkasi 308,4 mln so‘mga sotildi.
  • Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanidagi narxi 446,4 mln so‘mlik yirik universal va ixtisoslashtirilgan do’konlar, supermarketlar, restoranlar, dehqon va kiyim kechak bozorlari qurish uchun 1,85 gektar yer uchastkasi 2,4 mlrd so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 89 ta
  • boshlang‘ich narxi 21,2 mln so‘m
  • sotilgan narxi 248 mln so‘m

Gidroelektr stansiyalarini qurish huquqi:

  • soni 12 ta
  • ishtirokchilar soni 22 nafar
  • 1 kVt elektr energiyaning boshlang'ich narxi 675 so'm bo'lgan Zangiota tumanidagi Jun kanalida mikroGES qurish loyihasi uchun o'tkazilgan auksion savdosida g'olib 270 so'mdan elektr energiya yetkazib berishni tasdiqladi.

O‘tkazilgan savdolarda 3 500 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 7,1 trln so‘m bo‘lgan 108 926 ta lot savdoga qo‘yilgan.

693 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech