Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Noyabr 2023

17-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

144 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 30,4 mlrd so'm bo'lgan 196 ta lot 41,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 4 ta
  • boshlang‘ich narxi 23,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 24,8 mlrd so‘m
Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 22,2 mlrd so‘m bo‘lgan “Sanoat-qurilish bank” Buxoro filiali balansidagi savdo majmuasining bir qismi 23,3 mlrd so‘mga sotildi.
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi sobiq KMK bino-inshootlari 1,2 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 49 ta
  • boshlang‘ich narxi 445 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 57,7 mln so‘m bo‘lgan "Yo‘llardan foydalanish" UK balansidagi asfaltlangan maydon 63,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 41 ta
  • boshlang'ich narxi 625,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 764,5 mln so‘m
  • yer maydoni 5,0 ga
Jizzax viloyati Forish tumanidan boshlang'ich narxi 25,5 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 56,1 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 42 ta
  • boshlang'ich narxi 9,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 152,5 mln so‘m
Navoiy viloyati Xatirchi tumanidan boshlang'ich narxi 0,6 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 7,7 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 33 ta
  • yer 59,4 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,03 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 3,5 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 604 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,9 trln so'm bo'lgan 115 493 ta lot savdoga qo'yilgan.
754 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech