Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Oktyabr 2023

17-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

291 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 4,5 mlrd so'm bo'lgan 98 ta lot 12,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
- soni 18 ta
- boshlang‘ich narxi 119,2 mln so‘m
- sotilgan narxi 4,3 mlrd so‘m
 
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 84,7 mln so‘m bo‘lgan “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ balansidagi ofisga mo‘ljallangan xona 93,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
- soni 26 ta
- boshlang'ich narxi 450,2 mln so‘m
- sotilgan narxi 513,6 mln so‘m
- yer maydoni 2,5 ga
 
Toshkent viloyati Chinoz tumanidan boshlang'ich narxi 61,9 mln so‘m bo‘lgan yog‘ochni qayta ishlash, pulpa va qog‘oz sanoatining obyektlari qurish uchun 30 sotix yеr uchastkasi 68,1 mln so‘mga sotildi.
 
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahridan boshlang'ich narxi 41,2 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 4,4 sotix yеr uchastkasi 45,3 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
- soni 42 ta
- boshlang'ich narxi 17,8 mln so‘m
- sotilgan narxi 32,4 mln so‘m
 
Jizzax viloyati Yangiobod tumanidan boshlang'ich narxi 4,5 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 4,9 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 8 ta
- yer 165,4 ga
- normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 3,7 mlrd so’m
- g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 7,5 mlrd so'm
 
O'tkazilgan savdolarda 232 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,9 trln so'm bo'lgan 114 762 ta lot savdoga qo'yilgan.
390 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech