Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Mart 2024

18-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

559 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 135,3 mlrd so'm bo'lgan 610 ta lot 238,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 14 ta
  • boshlang'ich narxi 46,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 62,9 mlrd so‘m
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 17,4 mlrd so‘m bo‘lgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi balansidagi bo'sh turgan bino va inshootlar 32,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 3,1 mlrd so‘m bo‘lgan AT "Xalq banki" Navoiy viloyat filiali balansidagi bino-inshootlar 3,3 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 76 ta
  • boshlang'ich narxi 640 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m
Andijon viloyati Oltinko'lda joylashgan boshlang'ich narxi 4,3 mln so‘m bo‘lgan tibbiyot birlashmasi balansidagi kutish zalining bir qismi 57,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 124 ta
  • boshlang'ich narxi 56,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 80 mlrd so‘m
  • yer maydoni 36 ga
Buxoro shahridan boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m bo‘lgan ofis va savdo markazi binosi qurish uchun 42 sotix yеr uchastkasi 2,03 mlrd so‘mga sotildi.
 
Samarqand shahridan boshlang'ich narxi 13,1 mlrd so‘m bo‘lgan master rejaga asosan ko'p qavatli turar va noturar binolar qurish uchun 1,8 gektar yеr uchastkasi 19 mlrd so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 65 ta
  • boshlang'ich narxi 13,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 18,4 mlrd so‘m
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 73 ta
  • boshlang'ich narxi 30 mln so‘m
  • sotilgan narxi 770 mln so‘m
Toshkent tumanidan boshlang'ich narxi 1,5 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 39 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 2 118 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,9 trln so'm bo'lgan 118 826 ta lot savdoga qo'yilgan.
740 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech