Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Mart 2024

19-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

603 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 6,4 mlrd so'm bo'lgan 232 ta lot 11,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 3 ta
  • boshlang'ich narxi 2,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,4 mlrd so‘m
Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 741,7 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi bino va mol-mulklarni vaqtinchalik saqlash direksiyasi davlat muassasasi balansidagi noturar bino va inshootlar 890 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 84 ta
  • boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,8 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 2,9 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti balansidagi bo‘sh turgan betonlashtirilgan maydon 40,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 30 ta
  • boshlang'ich narxi 403 mln so‘m
  • sotilgan narxi 448 mln so‘m
  • yer maydoni 1,2 ga
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidan boshlang'ich narxi 90,3 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 5 sotix yеr uchastkasi 99,3 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 3 ta
  • boshlang'ich narxi 289 mln so‘m
  • sotilgan narxi 341 mln so‘m
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 49 ta
  • boshlang'ich narxi 9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 73 mln so‘m
Toshkent viloyati Chinoz tumanidan boshlang'ich narxi 1 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 42,4 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 571 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,2 trln so'm bo'lgan 123 563 ta lot savdoga qo'yilgan.
948 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech