Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Sentyabr 2023

19-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

297 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 28,1 mlrd so'm bo'lgan 242 ta lot 67,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 18 ta
  • Boshlang‘ich narxi 4,4 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,9 mlrd so‘m
  • Andijon viloyati Andijon tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan oshxona bino-inshootlari 1,1 mlrd so‘mga sotildi
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 42 ta
  • Boshlang‘ich narxi 378 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 14,6 mln so‘m bo‘lgan Axborot ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “Ma‘muriy binolardan foydalanish boshqarmasi” DM balansidagi bino qismi 61,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • Soni 85 ta
  • Boshlang'ich narxi 22,7 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 60,9 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 9,9 ga
  • Samarqand viloyati Paxtachi tumanidan boshlang'ich narxi 82,1 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalaridagi qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 0,31 gektar yеr uchastkasi 90,3 mln so‘mga sotildi.
  • Toshkent viloyati Toshkent tumanidan boshlang'ich narxi 74 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1 sotix yеr uchastkasi 81,4 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 41 ta
  • Boshlang'ich narxi 9,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 12,1 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 42 ta
  • Yer 221,2 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 2,1 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 3,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 563 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,8 trln so'm bo'lgan 116 853 ta lot savdoga qo'yilgan.
375 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech