Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Aprel 2024

2-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

647 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 14,8 mlrd so'm bo'lgan 305 ta lot 52 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 58 ta
  • boshlang'ich narxi 875 mln so‘m
  • sotilgan narxi 3,1 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 96,7 mln so‘m bo‘lgan harbiy qism balansidagi bino qismi 348,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
  • Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 80,6 mln so‘m bo‘lgan “Termiz xalqaro aeroporti” MChJ balansidagi sim karta tarqatish joyi 1,2 mlrd so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari:

  • soni 11 ta
  • boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 11,3 ga 
  • Toshkent viloyati Ohangaron shahridan boshlang'ich narxi 153 mln so‘m bo‘lgan erkin iqtisodiy zonasidagi qurilish mollari sanoati, kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 0,9 gektar yеr uchastkasi 168,3 mln so‘mga sotildi.
  • Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidan boshlang'ich narxi 31,8 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar, savdo uylari va maishiy xizmat ko’rsatish obyektlari qurish uchun 6,6 sotix yеr uchastkasi 35 mln so‘mga sotildi.
  • Xorazm viloyati Shovot tumanidan boshlang'ich narxi 14,9 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 16,3 mln so‘mga sotildi.

Xususiy buyurtmalar:

  • soni 6 ta
  • boshlang'ich narxi 867 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,1 mlrd so‘m

Qishloq va dehqon xo'jaligi yerlari:

  • soni 205 ta
  • boshlang'ich narxi 10,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 44 mlrd so‘m

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 16 ta
  • boshlang'ich narxi 8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 300 mln so‘m 

O'tkazilgan savdolarda 944 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,6 trln so'm bo'lgan 136 912 ta lot savdoga qo'yilgan.

1357 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech