Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Fevral 2024

2-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

344 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 4,7 mlrd so'm bo'lgan 128 ta lot 5,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 9 ta
  • boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati Angor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 360,4 mln so‘m bo‘lgan AT "Xalq banki" balansidagi bo‘sh turgan savdo do'koni 396,4 mln so‘mga sotildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 50 ta
  • boshlang'ich narxi 823,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 914,5 mln so‘m
  • yer maydoni 2,9 ga
Farg‘ona viloyati Qo'qon shahridan boshlang'ich narxi 323,1 mln so‘m bo‘lgan nodavlat umumta’lim maktabi qurish uchun 32,6 sotix yеr uchastkasi 355,4 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 40 ta
  • boshlang'ich narxi 4,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 34,8 mln so‘m
Surxondaryo viloyati Termiz shahridan boshlang'ich narxi 0,7 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 30,8 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 4 ta
  • yer 67,5 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,9 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 392,8 mln so'm
O'tkazilgan savdolarda 306 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,6 trln so'm bo'lgan 111 969 ta lot savdoga qo'yilgan.
549 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech