Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Mart 2024

20-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

601 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so'm bo'lgan 108 ta lot 2,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 71 ta
  • boshlang'ich narxi 995 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 41,6 mln so‘m bo‘lgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi balansidagi oshxona binosi 378,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 12 ta
  • boshlang'ich narxi 234 mln so‘m
  • sotilgan narxi 323 mln so‘m
  • yer maydoni 0,4 ga
Toshkent viloyati Parkent tumanidan boshlang'ich narxi 84,1 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 92,5 mln so‘mga sotildi.
Namangan viloyati Pop tumanidan boshlang'ich narxi 5,2 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 71 kvadrat metr yеr uchastkasi 69,4 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 25 ta
  • boshlang'ich narxi 12 mln so‘m
  • sotilgan narxi 62 mln so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahridan boshlang'ich narxi 0,2 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 49 mln so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 224 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,2 trln so'm bo'lgan 126 333 ta lot savdoga qo'yilgan.
511 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech