Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Oktyabr 2023

20-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

395 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 93,9 mlrd so'm bo'lgan 262 ta lot 109,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
- soni 7 ta
- boshlang‘ich narxi 10,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 15,2 mlrd so‘m
 
Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m bo‘lgan “O‘zbektelekom” AJ balansidagi ta‘mirlash-sinov zavodi 6 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
- soni 16 ta
- boshlang‘ich narxi 77,5 mln so‘m
- sotilgan narxi 150,5 mln so‘m
 
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 3,3 mln so‘m bo‘lgan o‘rta ta‘lim maktabi balansidagi oshxona binosi 31 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
- soni 77 ta
- boshlang'ich narxi 74,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 81,7 mlrd so‘m
- yer maydoni 31 ga
 
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidan boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo‘lgan oromgoh, motel va turizm komplekslari qurish uchun 1,88 gektar yеr uchastkasi 1,4 mlrd so‘mga sotildi.
 
Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 47,9 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 1,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
- soni 50 ta
- boshlang'ich narxi 13,8 mln so‘m
- sotilgan narxi 163,4 mln so‘m
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 62 ta
- yer 44,1 ga
- normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,3 mlrd so’m
- g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 2,3 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 847 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,5 trln so'm bo'lgan 114 522 ta lot savdoga qo'yilgan.
533 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech