Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Fevral 2024

21-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

493 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 7,4 mlrd so'm bo'lgan 111 ta lot 19,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 23 ta
  • boshlang'ich narxi 349 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 23,1 mln so‘m bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktab balansidagi binoning bo'sh turgan qismi 80 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 26 ta
  • boshlang'ich narxi 249 mln so‘m
  • sotilgan narxi 359 mln so‘m
  • yer maydoni 1 ga
Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumanidan boshlang'ich narxi 5,3 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 6 kvadrat metr yеr uchastkasi 81,6 mln so‘mga sotildi.
 
Xususiy buyurtmalar:
  • soni 3 ta
  • boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,8 mlrd so‘m
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 41 ta
  • boshlang'ich narxi 11 mln so‘m
  • sotilgan narxi 67 mln so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahridan boshlang'ich narxi 0,9 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 12,7 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 286 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,6 trln so'm bo'lgan 107 056 ta lot savdoga qo'yilgan.
714 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech