Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Sentyabr 2023

21-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

153 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 54,8 mlrd so'm bo'lgan 318 ta lot 80,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 28 ta
  • Boshlang‘ich narxi 42,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 58,7 mlrd so‘m
  • Termiz shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 16,4 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan yotoqxona va mehmonxona binolari 17,2 mlrd so‘mga sotildi.
  • Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 4,7 mlrd so‘m bo‘lgan “Oltin boshoq issiq noni” MCHJ ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi 10,7 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 114 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 7,6 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 238,3 mln so‘m bo‘lgan “Munitsipal aktivlarini boshqarish markazi” DUK balansidagi bino qismi 262,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • Soni 34 ta
  • Boshlang'ich narxi 2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,2 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 8,7 ga
  • Olmaliq shahridan boshlang'ich narxi 56,6 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turarjoy binolari qurish uchun 22 sotix yеr uchastkasi 617,2 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 76 ta
  • Boshlang'ich narxi 20,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 317,7 mln so‘m
Qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi:
  • Soni 8 ta
  • Boshlang'ich narxi 462 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,8 mlrd so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 24 ta
  • Yer 224,8 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 3,5 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 9,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 868 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 7,7 trln so'm bo'lgan 116 581 ta lot savdoga qo'yilgan.
588 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech