Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Noyabr 2023

22-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

166 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 3,4 mlrd so'm bo'lgan 166 ta lot 5,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 69 ta
  • boshlang‘ich narxi 2,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,1 mlrd so‘m
Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 68,7 mln so‘m bo‘lgan "Uzbekistan airports" AJ balansidagi bino qismi 75,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 14 ta
  • boshlang'ich narxi 208,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 231 mln so‘m
  • yer maydoni 0,75 ga
Xorazm viloyati Xazorasp tumanidan boshlang'ich narxi 69,5 mln so‘m bo‘lgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash obyektlari qurish uchun 12 sotix yеr uchastkasi 76,5 mln so‘mga sotildi.
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridan boshlang'ich narxi 22,8 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2 sotix yer uchastkasi 25,1 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 54 ta
  • boshlang'ich narxi 10,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 53,7 mln so‘m
Farg'ona viloyati Quva tumanidan boshlang'ich narxi 0,4 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 3,5 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 22 ta
  • yer 59,3 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 905,5 mln so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 2,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 339 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10 trln so'm bo'lgan 116 533 ta lot savdoga qo'yilgan.
873 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech