Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Oktyabr 2023

23-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

296 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 79,4 mlrd so'm bo'lgan 725 ta lot 176,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
- soni 24 ta
- boshlang‘ich narxi 18,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 23,8 mlrd so‘m
 
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo'sh turgan ma'muriy bino 3,7 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
- soni 113 ta
- boshlang‘ich narxi 922,6 mln so‘m
- sotilgan narxi 2,8 mlrd so‘m
 
Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 0,8 mln so‘m bo‘lgan tibbiyot birlashmasi balansidagi poliklinika binosining bo'sh xonasi 30,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
- soni 88 ta
- boshlang'ich narxi 12,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 24,6 mlrd so‘m
- yer maydoni 39,8 ga
 
Samarqand viloyati Tayloq tumanidan boshlang'ich narxi 149,7 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 31 sotix yеr uchastkasi 3,2 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi:
- soni 4 ta
- boshlang'ich narxi 167,5 mln so‘m
- sotilgan narxi 4,2 mlrd so‘m
 
Navoiy viloyati Nurota tumanidan boshlang'ich narxi 28,9 mln so‘m bo‘lgan 2,5 gektar maydonda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqi 1,6 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 351 ta
- yer 1 695,3 ga
- normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 34,7 mlrd so’m
- g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 102,2 mlrd so'm
 
O'tkazilgan savdolarda 1 683 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,4 trln so'm bo'lgan 114 104 ta lot savdoga qo'yilgan.
781 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech