Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Aprel 2024

24-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

4 822 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 927 mln so'm bo'lgan 10 296 ta lot 2,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 22 ta
  • boshlang'ich narxi 334 mln so‘m
  • sotilgan narxi 643 mln so‘m
  • Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 20,6 mln so‘m bo‘lganToshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali balansidagi oshxona 201,7 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 27 ta
  • boshlang'ich narxi 239 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1 mlrd so‘m
  • yer maydoni 0,8 ga
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahridan tumanidan boshlang'ich narxi 26,2 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 1 sotix yеr uchastkasi 102,2 mln so‘mga sotildi.
  • Farg'ona viloyati Toshloq tumanidan tumanidan boshlang'ich narxi 16,8 mln so‘m bo‘lgan yoqilg'i quyish shoxobchasi qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 695 mln so‘mga sotildi.

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: 

  • soni 1 ta
  • boshlang'ich narxi 200 mln so‘m
  • sotilgan narxi 230 mln so‘m

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 58 ta 
  • boshlang'ich narxi 16 mln so‘m
  • sotilgan narxi 221 mln so‘m

O'tkazilgan savdolarda 10 907 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,3 trln so'm bo'lgan 215 431 ta lot savdoga qo'yilgan.

1884 Chop etish