Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Oktyabr 2023

24-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

249 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 21,5 mlrd so'm bo'lgan 250 ta lot 56,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 29 ta
  • Boshlang‘ich narxi 239,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 316,2 mln so‘m
 
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 120 mln so‘m bo‘lgan "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ balansidagi Toshkent markaziy vokzali hududidagi avtoturargoh uchun maydon 144 mln so‘mga ijaraga berildi.
Farg‘ona viloyati Quva tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 42,1 mln so‘m bo‘lgan Adliya boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino 46,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 29 ta
  • Boshlang'ich narxi 284,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 3,9 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 1,5 ga
 
Toshkent viloyati Qibray tumanidan boshlang'ich narxi 5,9 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3,4 sotix yеr uchastkasi 342,1 mln so‘mga sotildi.
 
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidan boshlang'ich narxi 19,6 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 109,9 mln so‘mga sotildi.
 
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidan boshlang'ich narxi 39,1 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2,9 sotix yеr uchastkasi 50,9 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 37 ta
  • Boshlang'ich narxi 15,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 143,1 mln so‘m
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 143 ta
  • Yer 1 029,8 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 15,8 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 47,3 mlrd so'm
 
O'tkazilgan savdolarda 605 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,4 trln so'm bo'lgan 115 750 ta lot savdoga qo'yilgan.
481 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech