Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Aprel 2024

25-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

7 123 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 48,2 mlrd so'm bo'lgan 7 078 ta lot 89,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 21 ta
  • boshlang'ich narxi 25,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 26,8 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 15,9 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligini Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar bino 16,7 mlrd so‘mga sotildi.
  • Samarqand viloyati Tayloq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 377,8 mln so‘m bo‘lgan “Maroqand neft baza” MChJ balansidagi bo'sh turgan bino-inshoot 415,6 mln so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 13 ta
  • boshlang'ich narxi 586 mln so‘m
  • sotilgan narxi 822 mln so‘m
  • Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 109,7 mln so‘m bo‘lgan Toshkent shahar kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi balansidagi maydon 120,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 48 ta
  • boshlang'ich narxi 2,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,6 ga
  • Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidan boshlang'ich narxi 121,7 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 7 sotix yеr uchastkasi 644,8 mln so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 17 ta
  • boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidan boshlang'ich narxi 440 mln so'm bo'lgan bino-inshoot 462 mln so‘mga sotildi. 
O'tkazilgan savdolarda 8 402 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,5 trln so'm bo'lgan 213 895 ta lot savdoga qo'yilgan.
869 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech