Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Iyun 2020

25-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

406 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 9,9 mlrd so'm bo'lgan 284 ta lot 15,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 60 ta
- boshlang'ich narxi 909 mln so‘m
- sotilgan narxi 2,4 mlrd so‘m
 
Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 7,1 mln so‘m bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi balansidagi xona 122,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
- soni 45 ta
- boshlang'ich narxi 630 mln so‘m
- sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
- yer maydoni 2,5 ga
 
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidan boshlang‘ich narxi 189,4 mln so‘m bo‘lgan oromgoh, motel va turizm komplekslari qurish uchun 14,6 sotix yеr uchastkasi 738,6 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 131 ta
- boshlang'ich narx 3,5 mlrd so'm
- sotilgan narx 4,9 mlrd so'm
- yer maydoni 478,3 ga
 
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 31 ta
- boshlang'ich narxi 4,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 6,1 mlrd so‘m
 
Andijon viloyati Asaka tumanidan boshlang'ich narxi 75 mln so‘m bo'lgan Chevrolet Lacetti avtotransport vositasi 141,1 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 669 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,4 trln so'm bo'lgan 147 394 ta lot savdoga qo'yilgan.
52 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech