Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Oktyabr 2023

25-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

100 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 13,2 mlrd so'm bo'lgan 185 ta lot 36,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 42 ta
  • Boshlang‘ich narxi 908,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 3,1 mlrd so‘m
 
Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 98,4 mln so‘m bo‘lgan Fiksal institut balansidagi oshxona 767,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 15 ta
  • Boshlang'ich narxi 138,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 156,1 mln so‘m
  • Yer maydoni 0,6 ga
 
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidan boshlang'ich narxi 36,7 mln so‘m bo‘lgan yoshlar sanoat zonalaridagi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 15 sotix yеr uchastkasi 40,3 mln so‘mga sotildi.
Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidan boshlang'ich narxi 15,4 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibdagi turar joy qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 17 mln so‘mga sotildi.
 
Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:
  • Soni 1 ta
  • Boshlang'ich narxi 138 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m
 
Namangan viloyati Chust tumanidan boshlang'ich narxi 138 mln so‘m bo‘lgan G‘ovasoy soyi o‘zanini tozalash bo‘yicha loyihani amalga oshirish huquqi 1,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 106 ta
  • Yer 632,2 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 11,7 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 30,9 mlrd so'm
 
O'tkazilgan savdolarda 373 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,4 trln so'm bo'lgan 115 517 ta lot savdoga qo'yilgan.
519 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech