Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Sentyabr 2023

25-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

358 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 45,9 mlrd so'm bo'lgan 1 223 ta lot 107,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 31 ta
  • boshlang‘ich narxi 20,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 37,9 mlrd so‘m
  • Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so‘m bo‘lgan Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino-inshootlar 2,6 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 62 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,5 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 191,8 mln so‘m bo‘lgan Respublika olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi balansidagi bino qismi 748,1 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 57 ta
  • boshlang'ich narxi 2,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 13,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 4,8 ga
  • Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 595,8 mln so‘m bo‘lgan klinikalar, dispanserlar va dorixonalar qurish uchun 0,53 gektar yer uchastkasi 2,7 mlrd so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 72 ta
  • boshlang'ich narxi 22,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 311,6 mln so‘m

Foto va video radarlarni o'rnatish huquqi:

  • soni 10 ta
  • boshlang'ich narxi 48,5 mln so‘m
  • sotilgan narxi 10,6 mlrd so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 837 ta
  • yer 1050,9 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 27,3 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 33,2 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 2 358 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,5 trln so'm bo'lgan 114 279 ta lot savdoga qo'yilgan.

528 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech