Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Fevral 2024

27-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1963 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 3,5 mlrd so'm bo'lgan 167 ta lot 26,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 1 ta
  • boshlang'ich narxi 556 mln so‘m
  • sotilgan narxi 611 mln so‘m
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 555 mln so‘m bo‘lgan AT "Xalq banki" balansidagi savdo va maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchasi 611 mln so'mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 52 ta
  • boshlang'ich narxi 481 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,5 mlrd so‘m
Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 3,9 mln so‘m bo‘lgan manzil koloniyasi balansidagi bo'sh xona 156,3 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 47 ta
  • boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 21,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 3,5 ga
Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 93,7 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar joy binosi va majmualari qurish uchun 8 sotix yеr uchastkasi 2,4 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 57 ta
  • boshlang'ich narxi 12 mln so‘m
  • sotilgan narxi 14 mln so‘m
Farg'ona viloyati Beshariq tumanidan boshlang'ich narxi 580 ming so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 754 ming so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 446 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,7 trln so'm bo'lgan 111 678 ta lot savdoga qo'yilgan.
708 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech