Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Sentyabr 2023

27-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

200 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so'm bo'lgan 149 ta lot 3,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 84 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,1 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 161,4 mln so‘m bo‘lgan Kinematografiya agentligi balansidagi bo‘sh turgan bino qismi 177,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
  • Surxondaryo viloyati Denov tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 17,4 mln so‘m bo‘lgan 100-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi balansidagi oshxona binosining bo‘sh turgan qismi 104,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • Soni 19 ta
  • Boshlang'ich narxi 115,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 129,8 mln so‘m
  • Yer maydoni 0,6 ga
  • Shahrisabz shahridan boshlang'ich narxi 14,6 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1 sotix yеr uchastkasi 16,1 mln so‘mga sotildi.
  • Bekobod tumanidan boshlang'ich narxi 12,7 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalaridagi qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 19 sotix yеr uchastkasi 14 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 33 ta
  • Boshlang'ich narxi 11,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 21,3 mln so‘m

Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:

  • Soni 2 ta
  • Boshlang'ich narxi 305,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 335,9 mln so‘m
  • Norin tumanidan boshlang‘ich narxi 168,5 mln so‘m bo‘lgan Norin daryosi o’zanini tozalash huquqi 185,4 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 9 ta
  • Yer 4,05 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 251,6 mln so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 281,5 mln so'm
O'tkazilgan savdolarda 314 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,1 trln so'm bo'lgan 116 557 ta lot savdoga qo'yilgan.
622 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech