Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Avgust 2023

28-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

436 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 40,3 mlrd so'm bo'lgan 2 127 ta lot 72,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 9 ta
  • boshlang‘ich narxi 7,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 7,9 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 2,8 mlrd so‘m bo‘lgan "Asakabank” AJ balansidagi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosi 2,9 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 65 ta
  • boshlang‘ich narxi 544,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 6,1 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 6,4 mln so‘m bo‘lgan Toshkent davlat pedagogika universiteti balansidagi bino qismi 182,2 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 183 ta
  • boshlang'ich narxi 4,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 22,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 17,9 ga
  • Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidan boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so‘m bo‘lgan shale uslubida dam olish maskani tashkil etish uchun 1,2 gektar turistik rekreatsion yеr uchastkasi 2,2 mlrd so‘mga sotildi.
  • Qashqadaryo viloyati Ko'kdala tumanidan boshlang'ich narxi 47,8 mln so‘m bo‘lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 21 sotix yеr uchastkasi 52,6 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 89 ta
  • boshlang'ich narxi 24,5 mln so‘m
  • sotilgan narxi 295,6 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 1 695 ta
  • yer 1376 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 46,5 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 9,5 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 3 774 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,9 trln so'm bo'lgan 120 601 ta lot savdoga qo'yilgan.

1504 Chop etish