336 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 31,8 mlrd so'm bo'lgan 225 ta lot 38,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 21 ta
- boshlang‘ich narxi 24,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 27,1 mlrd so‘m
- Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 5,5 mlrd so‘m bo‘lgan "Asakabank" AJ balansidagi omborxona binosi, muzxona asbob-uskunalari va boshqa mulklardan iborat mulkiy majmua 5,8 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat aktivlari ijarasi:
- soni 74 ta
- boshlang‘ich narxi 2,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m
- Surxondaryo viloyati Angor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 9,9 mln so‘m bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktab balansidagi oshxona binosi 75,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 30 ta
- boshlang'ich narxi 761 mln so‘m
- sotilgan narxi 2,6 mlrd so‘m
- yer maydoni 6 ga
- Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 101,9 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun 9 sotix yеr uchastkasi 418 mln so‘mga sotildi.
- Namangan viloyati Pop tumanidan boshlang'ich narxi 15,5 mln so‘m bo‘lgan hunarmandchilik va kasanachilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 312,4 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
- soni 34 ta
- boshlang'ich narxi 9,5 mln so‘m
- sotilgan narxi 295,5 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 15 ta
- yer 551,8 ga
- normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 14,5 mlrd so’m
- g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 14,8 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 646 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,9 trln so'm bo'lgan 115 811 ta lot savdoga qo'yilgan.