254 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 3,2 mlrd so'm bo'lgan 267 ta lot 7,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari ijarasi:
- soni 45 ta
- boshlang‘ich narxi 642 mln so‘m
- sotilgan narxi 2,5 mlrd so‘m
- Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 51,7 mln so‘m bo‘lgan Farg‘ona davlat universiteti chet tillari fakultetining oshxona binosi 196,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 54 ta
- boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
- yer maydoni 9,7 ga
- Toshkent viloyati, Chirchiq shahridan boshlang'ich narxi 115,9 mln so‘m bo‘lgan yoshlar sanoat zonalari uchun mo‘ljallangan 10 sotix yеr uchastkasi 139,1 mln so‘mga sotildi.
- Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidan boshlang'ich narxi 13,2 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 3,6 sotix yеr uchastkasi 100,6 mln so‘mga sotildi.
Ko’chma savdo joylari:
- soni 46 ta
- boshlang'ich narxi 7,4 mln so‘m
- sotilgan narxi 18 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 107 ta
- yer 210,6 ga
- normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 4,2 mlrd so’m
- g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 6,4 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 612 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,9 trln so'm bo'lgan 121 345 ta lot savdoga qo'yilgan.