Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

01 Mart 2024

29-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

544 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 82,3 mlrd so'm bo'lgan 264 ta lot 98,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 15 ta
  • boshlang'ich narxi 73,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 77,3 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Narpay tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 34,3 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi balansidagi bo'sh turgan yoqilg'i moylash bazasi 35,9 mlrd so'mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 43 ta
  • boshlang'ich narxi 2,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,7 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 200 mln so‘m bo‘lgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi balansidagi binoning 2-qavati 901 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 94 ta
  • boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 7,1 mlrd so‘m
  • yer maydoni 1,7 ga
Farg'ona viloyati Toshloq tumanidan boshlang'ich narxi 16,8 mln so‘m bo‘lgan suyuq yoqilg'i quyish shoxobchasi qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 1,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 13 ta
  • boshlang'ich narxi 2,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,3 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanidan boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so'm bo'lgan baza hududi 3,8 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 30 ta
  • boshlang'ich narxi 10 mln so‘m
  • sotilgan narxi 247 mln so‘m
Toshkent viloyati Piskent tumanidan boshlang'ich narxi 0,2 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 40 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 786 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
790 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech