Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Aprel 2024

3-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

956 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so'm bo'lgan 56 ta lot 5,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 6 ta
  • boshlang'ich narxi 721 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 619,5 mln so‘m bo‘lgan Shahar markaziy ko‘chalardan foydalanish ularni saqlash va ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarma balansidagi bino qismi 681,5 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 22 ta
  • boshlang'ich narxi 346 mln so‘m
  • sotilgan narxi 713 mln so‘m
  • yer maydoni 0,6 ga
  • Navoiy viloyati Zarafshon shahridan boshlang'ich narxi 10,3 mln so‘m bo‘lgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 333,2 mln so‘mga sotildi.
  • Surxondaryo viloyati Denov tumanidan boshlang'ich narxi 24,7 mln so‘m bo‘lgan do'konlar, maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari qurish uchun 1 sotix yеr uchastkasi 27,1 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 19 ta
  • boshlang'ich narxi 8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 9 mln so‘m 

O'tkazilgan savdolarda 134 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,9 trln so'm bo'lgan 138 344 ta lot savdoga qo'yilgan.

1437 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech