Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Yanvar 2024

3-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

101 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 29,5 mlrd so'm bo'lgan 393 ta lot 78,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 12 ta
  • boshlang‘ich narxi 7,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,1 mlrd so‘m
Ohangaron shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar joy bino-inshootlari 1,7 mlrd so‘mga sotildi.
Ulug'nor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 367 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo'sh turgan bino-inshootlar 624,4 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 53 ta
  • boshlang‘ich narxi 928 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
Olmazor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 89 mln so‘m bo‘lgan Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi balansidagi yerto‘la qismi 106,8 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 69 ta
  • boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 4,6 ga
Buxoro viloyati Peshko‘ tumanidan boshlang'ich narxi 33,4 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 147,1 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 50 ta
  • boshlang'ich narxi 23,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 185 mln so‘m
Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanidan boshlang'ich narxi 2,5 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 2,7 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 148 ta
  • yer 3 691 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 11,2 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 41,4 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 931 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,7 trln so'm bo'lgan 106 902 ta lot savdoga qo'yilgan.
1355 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech