Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

01 Dekabr 2023

30-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

88 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 18,1 mlrd so'm bo'lgan 214 ta lot 31,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 10 ta
  • boshlang‘ich narxi 3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,2 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan ma‘muriy bino 1,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 73 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,1 mlrd so‘m
Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 107,1 mln so‘m bo‘lgan Toshkent shahar prokuraturasi balansidagi bino qismi 246,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 25 ta
  • boshlang'ich narxi 426,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 474,8 mln so‘m
  • yer maydoni 0,85 ga
Namangan viloyati Pop tumanidan boshlang'ich narxi 48,1 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalarigadi qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 40 sotix yеr uchastkasi 57,7 mln so‘mga sotildi.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidan boshlang'ich narxi 22,6 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 24,8 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 25 ta
  • boshlang'ich narxi 10,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 387,2 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 31 ta
  • yer 66,8 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,9 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 6,4 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 617 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,8 trln so'm bo'lgan 113 881 ta lot savdoga qo'yilgan.
1075 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech