Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Dekabr 2023

4-dekabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

257 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 162 mlrd so'm bo'lgan 644 ta lot 207,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 17 ta
  • boshlang‘ich narxi 73,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 83,2 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 29,2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi limonariy va issiqxona bino-inshootlari 34,9 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 22 ta
  • boshlang‘ich narxi 556,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 906,8 mln so‘m
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 98,7 mln so‘m bo‘lgan "Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK balansidagi noturar binosining bir qismi 108,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 108 ta
  • boshlang'ich narxi 4,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 7,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 32 ga
Toshkent viloyati Olmaliq shahridan boshlang'ich narxi 21,2 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun ijara huquqi bilan 7 sotix yеr uchastkasi 329,1 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 48 ta
  • boshlang'ich narxi 16,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 207,8 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 341 ta
  • yer 511 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 9,5 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 4,6 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 471 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,2 trln so'm bo'lgan 113 434 ta lot savdoga qo'yilgan.
967 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech