141 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 20 mlrd so'm bo'lgan 354 ta lot 43,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- Soni 6 ta
- Boshlang‘ich narxi 3,1 mlrd so‘m
- Sotilgan narxi 3,3 mlrd so‘m
- Navoiy viloyati Nurota tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo‘lgan AT "Xalq banki” Navoiy viloyat filiali balansidagi noturar bino-inshoot 1,4 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat aktivlari ijarasi:
- Soni 53 ta
- Boshlang‘ich narxi 606 mln so‘m
- Sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
- Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 24,3 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali balansidagi bo‘sh turgan oshxona 311,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- Soni 58 ta
- Boshlang'ich narxi 11,5 mlrd so‘m
- Sotilgan narxi 14,3 mlrd so‘m
- Yer maydoni 38,3 ga
- Buxoro viloyati Buxoro shahridan boshlang'ich narxi 779,9 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 31 sotix yеr uchastkasi 1,5 mlrd so‘mga sotildi.
- Toshkent viloyati Chirchiq shahridan boshlang'ich narxi 559,6 mln so‘m bo‘lgan poligrafiya sanoati obyektlari qurish uchun 50 sotix yеr uchastkasi 895,8 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
- Soni 123 ta
- Boshlang'ich narxi 19,4 mln so‘m
- Sotilgan narxi 22 mln so‘m
Qazilmalarni qazish huquqi:
- Soni 10 ta
- Boshlang'ich narxi 429,1 mln so‘m
- Sotilgan narxi 19,5 mlrd so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- Soni 88 ta
- Yer 92,5 ga
- Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 2,8 mlrd so’m
- G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 7,6 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 836 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,3 trln so'm bo'lgan 118 075 ta lot savdoga qo'yilgan.