Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Dekabr 2023

7-dekabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

229 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 20,8 mlrd so'm bo'lgan 260 ta lot 25,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 22 ta
  • boshlang‘ich narxi 16,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 17,9 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 3 mlrd so‘m bo‘lgan “Sanoat qurilish bank” Qo‘ng‘irot filiali balansidagi noturar joy binosi 3,2 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 4,2 mlrd so‘m bo‘lgan O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti balansidagi sobiq garaj bino-inshootlari 4,4 mlrd so‘mga sotildi.
Andijon viloyati Bo'ston tumanidan boshlang'ich narxi 210,1 mln so‘m bo‘lgan "O'zbekneftgaz" AJ balansidagi 23-sonli FYOTSH 231,1 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 27 ta
  • boshlang‘ich narxi 487,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 6,6 mln so‘m bo‘lgan Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi balansidagi oshxona 130,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 90 ta
  • boshlang'ich narxi 925,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 4,3 ga
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridan boshlang'ich narxi 217,5 mln so‘m bo‘lgan umumta‘lim maktabi qurish uchun 31 sotix yеr uchastkasi 239,3 mln so‘mga sotildi.
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidan boshlang'ich narxi 10,2 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalaridagi poyafzal korxonalari qurish uchun 30 sotix yеr uchastkasi 168,7 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 38 ta
  • boshlang'ich narxi 19,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 460,4 mln so‘m
O'tkazilgan savdolarda 855 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,6 trln so'm bo'lgan 112 621 ta lot savdoga qo'yilgan.
907 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech