Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Iyun 2024

7-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

370 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 20,6 mlrd so'm bo'lgan 264 ta lot 34,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari: 

  • soni 8 ta
  • boshlang'ich narxi 5,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 7,2 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino-inshootlar 2,1 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:

  • soni 4 ta
  • boshlang'ich narxi 4,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,4 mlrd so‘m
  • Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 545,7 mln so‘m bo‘lgan “O'zsanoatqurilishbank" ATB balansidagi yakka tartibdagi turar joy 600,5 mln so‘mga sotildi.

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 6 ta
  • boshlang'ich narxi 40 mln so‘m
  • sotilgan narxi 77 mln so‘m
  • Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 18 mln so‘m bo‘lgan “Munitsipal aktivlarini boshqarish markazi” DUK balansidagi bino qismi 46,9 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari: 

  • soni 88 ta
  • boshlang'ich narxi 4,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 13,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 8,1 ga
  • Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidan boshlang‘ich narxi 457,2 mln so‘m bo‘lgan oromgoh, motel va turizm komplekslari qurish uchun 70 sotix yеr uchastkasi 731,6 mln so‘mga sotildi. 

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi: 

  • soni 32 ta
  • boshlang'ich narx 32 mln so'm
  • sotilgan narx 36 mln so'm
  • yer maydoni 57,7 ga

O'tkazilgan savdolarda 834 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 11,8 trln so'm bo'lgan 151 512 ta lot savdoga qo'yilgan.

1454 Chop etish