733 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 51,4 mlrd so'm bo'lgan 516 ta lot 56,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 14 ta
 - boshlang'ich narxi 2,9 mlrd so‘m
 - sotilgan narxi 4,3 mlrd so‘m
 - Andijon viloyati Paxtaobod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 422,9 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan noturar bino-inshootlar 930,4 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 9 ta
 - boshlang'ich narxi 25,9 mlrd so‘m
 - sotilgan narxi 27,5 mlrd so‘m
 - Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 20,5 mlrd so‘m bo‘lgan "Elektrtarmoqqurilish" AJ balansidagi mexjamlanma bino va inshoatlari 21,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 48 ta
 - boshlang'ich narxi 687 mln so‘m
 - sotilgan narxi 887 mln so‘m
 - Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 65,5 mln so‘m bo‘lgan Mirobod tumani hokimligi balansidagi bino 72,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
- soni 192 ta
 - boshlang'ich narxi 8,6 mlrd so‘m
 - sotilgan narxi 9,4 mlrd so‘m
 - yer maydoni 15,2 ga
 - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidan boshlang‘ich narxi 44,8 mln so‘m bo‘lgan suyuq yoqilg‘i quyish shoxobchalari binosini qurish uchun 8 sotix yеr uchastkasi 291,2 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 50 ta
 - boshlang'ich narx 347 mln so'm
 - sotilgan narx 426 mln so'm
 - yer maydoni 144,2 ga
 
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 107 ta
 - boshlang'ich narxi 12,2 mlrd so‘m
 - sotilgan narxi 12,9 mlrd so‘m
 
O'tkazilgan savdolarda 1 594 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 13,6 trln so'm bo'lgan 145 241 ta lot savdoga qo'yilgan.