Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Noyabr 2023

8-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

308 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 6,4 mlrd so'm bo'lgan 146 ta lot 20,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 25 ta
  • Boshlang‘ich narxi 429,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
 
Toshkent shahri Sirg‘ali tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 482,1 mln so‘m bo‘lgan “Uzbekistan airports” AJ balansidagi umumiy ovqatlanish joyi 1,3 mlrd so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 21 ta
  • Boshlang'ich narxi 325,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 2,5 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 1,9 ga
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidan boshlang'ich narxi 16,2 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari va majmualari qurish uchun 9,9 sotix yеr uchastkasi 693,3 mln so‘mga sotildi.
 
Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:
  • Soni 2 ta
  • Boshlang'ich narxi 308,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 693,9 mln so‘m
Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 155,7 mln so‘m bo‘lgan Amudaryo daryosi o‘zanidagi uchastkani tozalash huquqi 358,2 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 55 ta
  • Yer 332,1 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 4,7 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 13,7 mlrd so'm
 
O'tkazilgan savdolarda 344 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,6 trln so'm bo'lgan 116 050 ta lot savdoga qo'yilgan.
929 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech