379 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 54,1 mlrd so'm bo'lgan 365 ta lot 100,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 6 ta
- boshlang'ich narxi 190 mln so‘m
- sotilgan narxi 377 mln so‘m
- Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 47,1 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino 164,9 mln so‘mga sotildi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 2 ta
- boshlang'ich narxi 2,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 2,5 mlrd so‘m
- Xorazm viloyati Tuproqqal'a tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 2,1 mlrd so‘m bo‘lgan “O'zsanoatqurilishbank" ATB balansidagi noturar bino 2,2 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 18 ta
- boshlang'ich narxi 476 mln so‘m
- sotilgan narxi 532 mln so‘m
- Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 180,1 mln so‘m bo‘lgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi balansidagi bino qismi 198,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 288 ta
- boshlang'ich narxi 46,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 91,5 mlrd so‘m
- yer maydoni 26 ga
- Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan boshlang‘ich narxi 39,4 mlrd so‘m bo‘lgan savdo va ko‘ngil ochar majmualari hamda turar joy binolari qurish uchun 1,42 gektar yеr uchastkasi 59,1 mlrd so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 18 ta
- boshlang'ich narxi 3,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 4,5 mlrd so‘m
- Nukus shahridan boshlang'ich narxi 277 mln so‘m bo'lgan "Kamaz" avtotransport vositasi 465,4 mln so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 1 059 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 14 trln so'm bo'lgan 145 566 ta lot savdoga qo'yilgan.