Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Iyun 2023

9-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

 713 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 15,8 mlrd so'm bo'lgan 133 ta lot 17,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 3 ta
  • Boshlang‘ich narxi 7,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 8,2 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 759,1 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi tikuvchilik fabrikasi bino-inshootlari 797 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 16 ta
  • Boshlang‘ich narxi 132,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 420,8 mln so‘m
Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 17,4 mln so‘m bo‘lgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti balansidagi bo'sh turgan bino qismi 160,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 48 ta
  • Boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,4 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 16,4 ga
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidan boshlang'ich narxi 7,7 mln so‘m bo‘lgan o'yin maydonlari va stadionlar qurish uchun 8 sotix yеr uchastkasi 78,2 mln so‘mga sotildi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridan boshlang'ich narxi 8,9 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 0,6 sotix yеr uchastkasi 80,9 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 33 ta
  • Boshlang‘ich narxi 9,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 28,3 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 22 ta
  • Yer maydoni 11,6 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 537,5 mln so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 602,5 mln so'm
O'tkazilgan savdolarda 338 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,3 trln so'm bo'lgan 133 130 ta lot savdoga qo'yilgan.
558 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech